Vasiliy II Bolgaroboytsa

Vasiliy II Bolgaroboytsa (958— 1025) — Vizantiya imperatori (976 yildan), makedonlar sulolasidan. Kichik Osiyoda Varda Sklir raqbarligidagi aslzodalar qo’zg’olonlari (976-979) va (987-989)ni bostirgan. Fotimiylarga qarshi Suriyaga muvaffaqiyatli yurish qilgan (995); Gruziya va Armaniston yerlarini bir qismini bosib olgan. Bolgariyani bo’ysundirgan (laqabi shundan) (1018). Singlisi Annani Kiyev knyazi Vladimir I ga uzatgan.