Vasiyat majburiyati
Vasiyat majburiyati — fuqarolik huquqida vasiyat yuzasidan merosxo’rlar zimmasiga muayyan shaxs (shaxslar) foydasini ko’zlab biron-bir majburiyatni yuklash. O’zbekiston Respublikasi FK bo’yicha vorislar jumlasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan shaxslar ham Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar bo’lishlari mumkin. Bunday shaxslarga meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan mol-mulkni ular uchun sotib olish va berish, ana shu shaxs (shaxslar) uchun muayyan ishni bajarish, muayyan xizmatlar ko’rsatish va hokazolar. Vasiyat majburiyatini tashkil etadi. Vasiyat majburiyati bilan aloqador huquqiy me’yorlar O’zbekistan Respublikasi FKning 1132-moddasida belgilab berilgan.