Vasq

Vasq (arabcha)-hajm va miqdor o’lchov birligi. Don-dun yoki shunga o’xshash sochiluvchan narsalarni o’lchash uchun qo’llanilgan. 252,342 litr hajmga teng kelgan. 1 kilogramm bug’doyning hajmi 1,2987 litr ekani inobatga olinas, 252,342 litr hajm 194,3 kilogramm bug’doyga teng bo’ladi.