Vatikan
Rasmiy nomi-davlat-shahar Vatikan. Poytaxti-Vatikan.Hududi-0,44 km.kv. Aholisi-900 kishi (2012-yil). Davlat tili-italyan va lotin. Dini-katoliklar (100%). Pul birligi-yevro. Geografik joylashuvi va tabiati. Italiyaning poytaxti Rim shahrining g‘arbiy qismida (Monte Vatikano tepaligida), katolik cherkovi boshlig‘i Rim papasining rezidensiyasi hududida joylashgan kichik davlat. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshlig’i — hozir Rim papasi Benedikt XVI bo‘lib, unga Vatikandagi mutlaq hokimiyat tegishlidir. Rim papasi yo‘qligida Vatikanga Avliyo Rim cherkovi kamerlengi rahbarlik qiladi. Shuningdek, Vatikan o‘z hukumati — Rim kuriyasiga ega. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Vatikan yirik kapital mablag‘lari, bir qator kompaniya va banklaming aksiyalari, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi yirik ko‘chmas mulklarning egasi hisoblanadi. Vatikanning mablag’lari AQSHda 50 mlrd dollardan ortiqqa baholangan. Daromadining boshqa manbalari — milliy katolik cherkovlarining badallari, pochta markalari, tangalar, suvenirlar ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablag‘lardir. 2006-yil YIM miqdori 810 mln dollarni (aholi jon boshiga — 0,9 mln doll.) tashkil etgan. Vatikan turli mamlakatlarda 50 dan oshiq tilda 1,5 ming xildan ortiq gazeta va jurnallar nashr qiladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlariga o‘z radioeshittirishlarini tarqatadi. Tarixi. Rimda papaning doimiy qarorgohi joylashgan qasr XIV asrda qurilgan. XVIII-XIX asrlarda Italiyada mustaqil teokratik davlat sifatida Papa viloyati mavjud edi. Vatikan o‘z nomini 1870-yilda Rim papasining qarorgohi bo‘lib kelgan saroy nomidan olgan. 1871-yili italyan yerlari birlashtirilib, papa diniy hokimiyatdan mahrum etildi. 1929-yilda tuzilgan Lateran bitimlariga ko‘ra Vatikan Rim papasining qarorgohiga aylandi. Vatikanga Rimda va uning tashqarisidagi o‘nlab binolar tegishlidir. Vatikan o‘z bayrog‘i, valyutasi, armiyasi, radiostansiyasi va gazetalariga ega. 2004-yil 2-aprel kuni Ioann Pavel II (Karol Yuzef Voytila-polyak millatiga mansub bo‘lgan birinchi papa) vafot etib, uning o‘rniga 2005-yil 19-apreldan Benedikt XVI (Yozef Ratsinger) saylandi.