Vaygach
Vaygach — shimoliy Muz. Okeanidagi Orol, Barents va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar bo’g’ozi, Novaya Zemlya orolidan esa keng Kara darvozasi bo’g’ozi ajratib turadi. Ma’muriy jihatdan Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati neneslar Muxtor okrugiga qaraydi. Maydoni 3,4 ming km2, uzunligi 100 kilometr, eni 45 kilometr. Iqlimi sovuq. Tundra o’simliklari o’sadi. Qutb tulkisi, oq sichqon kabi hayvonlar uchraydi. Qirg’oq yaqinida morj va tyulen ko’p. 1950 yildan qutb stansiyasi ishlab turibdi.