VA’Z
VA’Z — islomda asosan yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi da‘vat. Va’z ibrat mazmunida ham ishlatiladi. Va’z aytuvchilar, bu borada mutaxassis bo’lgan shaxslar ―voiz deb yuritiladi. Islomdagi ilk voizlardan biri Hasan al-Basriy bo’lgan. U garchi arab bo’lmasada, arab nutqining mashhur ustozlariga aylangan. Odamlarning yuziga qarab fikrini, kayfiyatini sezib olar va buni Va’z vaqtida nazardan qochirmasdi. Islomda tajovuzkorlikka da‘vat etib, yomonlikni tashviqot qiluvchi chaqiriqlar Va’z hisoblanmaydi.