Vechinlar

Vechinlar (lotincha vicinus-qo’shni so’zidan)-Moldoviyada (XVI asr boshlaridan) feodal-qaram dehqonlar, yer egalari va davlat foydasiga majburiyatlarni o’tashgan. Vechinlar moldavan manbalarida ilk bor 1519 yili tilga olinadi. Ular bir vaqtnin o’zida barshchina o’tashlari, obrok to’lashlari va davlat majburiyatlarini bajarishlari kerak edi. Ular faqat yer bilan birgalikda sotilishi va sotib olinishi mumkin bo’lgan. XVII asr o’rtalarida Vechinlar to’liq krepostnoy qaramlikka tushirilgan.