VEGA

VEGA — lira yulduzlar turkumining 00-vizual yulduz kattaligidagi, shimoliy yarim shardagi eng yorug’ yulduzi (lira a si). Ko’rinish ravshanligi — 0,14, spektri AO, rangi — zangori-oq. Vega, Deneb (Oqqush a si) va at-Toir (Burgut a si) yozgi osmonda yaxshi ko’rinadi va yozgi katta uchburchakni hosil qiladi. Vegani bahor, yoz va kuzda ko’rish mumkin.