Vekshinskiy Sergey Arkadevich
Vekshinskiy Sergey Arkadevich 11896.15.(27)10, Pskov — 1974.20.9, Moskva] — rus fizigi, akademik (1953). Elektronika, elektr vakuum texnikasi va metallografiya sohasidagi yirik mutaxassis. Vekshinskiy krtishmalar olish va metallografiya usullarini tadqiq qilish ustida ishlagan. Qotishmalarni metallografik yo’l bilan tekshirishning yangi usulini ishlab chiqqan (1946). Vekshinskiy rahbarligida tayyorlangan elektron asboblar va qurilmalar, yuqori vakuumli qurilmalar amalda keng qo’llaniladi.