Velikash

Velikash (serbcha katta amaldor, mansabdor, to’ra, akobir)-1) feodalizm davrida Xorvatiyada feodal zodagonlar; 2) XIX asrning 30-60-yillarida Serbiyada Velikash veliko posednik deb nomlangan, katta yer egasi degan ma’noda qo’llanilgan. Velikash chorva bilan savdo qiluvchilar, mansabdorlar, o’tmishda turk feodallariga qarashli yerlarni zo’rlik bilan tortib yoki sotib olganlar. 1804-1813 va 1815 yillarda milliy-ozodlik harakatida qo’zg’olonchilar otryadlariga boshchilik qilgan voyevodlar ham Velikash deb atalgan va shunday yerlarni egallab olganlar.