Velikaya

Velikaya — Rossiya Federatsiyasi Pskov viloyatidagi Daryo. Bejanisi qirlaridan boshlanadi, Delta hosil qilib Chud-Pskov ko’liga quyiladi. Uzunligi 430 kilometr, havzasining maydoni 25,2 ming km2. Asosiy irmoqlari: Issa, Sinyaya, Utroya (chapda), Sorot, cherexa, Pskova (o’ngda). O’rtacha yillik suv sarfi Pyatonovo qishlog’i yonida 134 m3/ sek. Velikaya noyabrdan aprel boshigacha muzlab yotadi. Quyilish eridan Velikayada yog’och oqiziladi. 40 kilometr masofada kema qatnaydi. Velikaya sohilida Ostrov, Pskov va Opochka shaharlari joylashgan.