Velum
Velum (lotincha velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yo’nalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli Meduza Aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki pallali mollyuskalar lichinkalarini esa Veliger deyiladi. Velum ikki bo’lakli yoki toq organ, boshida joylashadi, uzun kipriklari bo’ladi. Velum suzish va oziq zarralarni og’izga haydash uchun xizmat qiladi.