Velyaminov-Zernov Vladimir Vladimirovich

Velyaminov-Zernov Vladimir Vladimirovich [1830.31.10(12.11), Peterburg — 1904.17(30).!, Kiyev] — tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1861). Velyaminov-Zernov «Qirg’iz-qaysaqlar hamda Rossiya bilan O’rta Osiyoning Abulxayrxon (1748-65) vafotidan keyingi munosabatlariga oid tarixiy ma’lumotlar» (1—2-jild; 1853-55), «Muhammad Alidan Xudoyorxonga qadar Qo’qon xonligi haqida tarixiy ma’lumotlar» (1856) kabi asarlarida O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari tarixini tadqiq etgan. Qo’qon, Buxoro va Xiva xonliklarida mavjud bo’lgan pul munosabatlariga oid asarlar yozgan. A. Navoiy asarlari asosida 16-asrda tuzilgan «Abushqa» lug’atini nashr ettirgan (1867).