Venern

Venern — Shvesiya Janubdagi ko’l. Dengiz sathidan 44 metr balandlikda. Maydoni 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega ko’llaridan keyin 3-o’rinda). Uzunligi 140 kilometr, eni 80 kilometrga yaqin, chuqurligi 100 metrgacha. Ko’l o’rni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirg’oqlari past, kuchli emirilgan, Orol ko’p. Ko’lga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina Gyota-Elv daryosi oqib chiqadi. Venern dekabr — yanvarda muz bilan qoplanib, aprelda muzdan bo’shaydi. Kemalar qatnaydi. Venern Gyoteborg — Stokgolm ichki suv yo’li (Gyotakanal) ning bir qismidir. Eng yirik portlari — shimolda Karlstad, Sharqda Mariestad va Janubi-g’arbda Venersborg.