Ventspils
Ventspils (1917 yilgacha rasmiy nomi Vindava) — Latviyadagi shahar (1378 yildan). Boltiq dengizi bo’yidagi muzlamaydigan dengiz porti. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 50,6 ming kishi (1999). Baliq va yog’ochsozlik sanoatining yirik markazi. Mineral o’g’itlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik farikasi, ventilyator zavodi, dengizdan baliq ovlash tarixi muzeyi bor. Orden qasri (1290 yil qurib bitkazilgan) saqlangan. Ventspils 1242 yildan ma’lum.