Verdikt

Verdikt (lotincha vere dictum — haq ran aytish) — ayrim xorijiy mamlakatlarda qasamyod etuvchi maslahatchilar (prisyajniylar)ning ayblanuvchi aybdor yoki aybdor emasligi to’g’risidagi xulosasi. Qasamyod etuvchilar Verdikti ular hay’ati (kollegiyasi) tomonidan ayrim masalalar, ishlar bo’yicha, jumladan, shaxsning aybdor yoki aybdor emasligi haqidagi asosiy masala yuzasidan chiqariladi. Hay’at muhokama davomida belgilangan muddatda yakdil qarorga erishmagan taqdirda, aybdorlik Verdikti qasamyod etuvchilarning ko’pchiligi 3 asosiy savolining har biriga aybdorlikni tasdiqlovchi javoblar uchun ovoz bersa; jazodan ozod qiluvchi aybsizlik Verdikti qasamyod etuvchilarning 6 nafardan ko’prog’i 3 asosiy savol bo’yicha aybdorlikni rad qiluvchi qaror chiqargan taqdirda qabul qilinadi. Qolgan 2-darajali savollar bo’yicha qaror qasamyod etuvchilarning oddiy ko’pchiligi tomonidan belgilanadi, ovozlar teng bo’lsa, ayblanuvchi foydasiga qaror chiqariladi. Verdikt chiqarish uchun savollar aniq bo’lishi, ularga faqat «ha, aybdor» yoki «yo’q, aybdor emas», deb javob berilishi shart.