Vereshchagin Vasiliy Vasilevich

Vereshchagin Vasiliy Vasilevich [1842. 14 (26). 10, Cherepoves, Novgorod gubernyasi — 1904. 31. 3 (13.4), Port-Artur] — rus rassomi. Peterburg Badiiy Akademiyasi (1860-63) va Parijdagi Jerom ustaxonasi (1864-65)da ta’lim olgan. Sayyor rassomlar (peredvijniklar)ga yaqin bo’lgan. Batal janriga mansub ko’p sonli asarlarida urush dahshatlarini mahorat bilan ko’rsatgan. Turkistonni bosib olishda (1867-68, 1869-70), rus-turk (1877-78) va rus-yapon (1904-05) urushlarida rus qo’shinlari safida qatnashgan. Chor Rossiyasining Turkistondagi bosqinchilik siyosatini yoqlagan, bu esa turkiy xalqlarni kamsituvchi, qonli urush manzaralari tasvirlangan asarlarida o’z ifodasini topgan: «bangilar» (1868), «Turkiston» turkumi (1871— 74), «to’satdan hujum» (1871), «tantana» (1872), «qul bolaning savdosi» (1872), «Temur darvozasi» (1872-73), «zindon» (1873) va boshqalar.