Vermishel
Vermishel (italyancha vermicelli — chuvalchanglar) — bug’doy unidan qorilgan xamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. Vermishel uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam bo’lmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim Vermishel xamiriga tuxum qo’shiladi. Qorilgan xamir vintli, gidravlik, shnekli yoki jo’vali presslarda 5-7 Mn/m2 (50-70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari bo’lgan panjara orqali o’tkazilib, cho’ziladi. Cho’zilgan xamir muayyan uzunlikda kesiladi va 80° gacha qizdirilgan quritish apparatlarida havo bilan quritiladi.