«Vertikal»
«Vertikal» — kosmik zond. Yer atmosferasi yuqori qatlamlarini va yer atrofi kosmik fazosini tadqiq qilish uchun uchirilgan kosmik apparat. 1967 yil 12 oktabrda uchiruvchi raketa yordamida 4400 kilometr balandlikka chiqarilgan. Asosiy maqsadi: ionosfera (elektronlar va musbat zaryadlangan ionlar kontsentrasiyasi, elektronlar temperaturasi)ning balandlik bo’yicha taqsimlanishini, kosmik nurlarning umumiy intensivligini, neytral vodorodning zichligini hamda radiasiya mintaqalaridan o’tishda turli himoya qatlamlaridan o’tgan radiatsiya dozasining pasayishini aniqlash bo’lgan.