Veselovskiy Nikolay Ivanovich

Veselovskiy Nikolay Ivanovich (1848-1918.12.4) — rus arxeologi va sharqshunosi. 1890 yildan Peterburg universiteti professor. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1914). Turkiston tarixi va arxeologiyasini o’rgangan. Turkiston tarixi, etnografiyasiga oid bir qator maqolalar nashr ettirgan. 1885 yil arxeologik qazishlar olib borish uchun Turkiston o’lkasiga yuborilgan.Afrosiyobda arxeologik qazish ishlari olib borgan. Samarqanddagi 14-15-asr obidalari — masjid va yodgorliklar albomi va Amir Temur maqbarasi naqshlarining rangli jadvalini tuzib, nashr ettirgan.