Veterinariya-sanitariya stantsiyasi

Veterinariya-sanitariya stantsiyasi — shahar, shahar atrofidagi jamoa, shirkat, aktsionerlik va fermer xo’jaliklarining chorvachilik ob’yektlariga, shuningdek teri, jun mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar hamda oziq-ovqat korxonalariga xizmat qiluvchi muassasa. U maxsus mashinalar bilan jihozlangan bo’ladi. Veterinariya-sanitariya stantsiyasi xizmat qilayotgan hududdagi chorvachilik va boshqa binolarni, hayvon xom ashyolariii dezinfektsiya qiladi; o’lgan hayvonlarni utilizatsiya korxonalariga, musodara qilingan mahsulotlarni, go’shtni qayta ishlash korxonalariga eltib topshiradi. Shuningdek, Veterinariya-sanitariya stantsiyasi hayvonlar quturishiga qarshi kurash olib boradi, veterinariya idoralariga veterinariya-sanitariyaning hamma masalalarida maslahatlar beradi, hayvon, parranda va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, veterinariya-sanitariya zavodlari va utilizatsiya qurilmalari ustidan nazorat qilib turadi.