Vexichilik

Vexichilik («Vexi» to’plami nomidan olingan) — rus diniy-falsafiy oqimi (20-asr boshlari). Uning namoyandalari — N. A. Berdyaev, S. N. Bulgakov, P. B. Struve, S. L. Frank, M. O. Gershenzon va boshqalar. «Vexi» («rus ziyolilari to’g’risida maqolalar») to’plamida (Moskva, 1909) inqilobiy-sosialistik kayfiyatdagi ziyolilarning mafkurasi, jumladan ateistik materializm, siyosiy radikallik va narodniklik g’oyalarini keskin tanqid qilib chiqdilar. Vexichilar ma’naviyatni ijtimoiy g’oyalardan ustun qo’yib, shaxsning ichki (botiniy) hayoti insonning birdan-bir ijodiy kuch manbaidir, deb hisobladilar. 1917 yil oktyabr to’ntarishidan keyin «Vexi» mualliflari bolsheviklarning g’oyaviy dushmanlari sifatida ular nazariyasi va amaliyotiga qarshi fikrlar bilan chiqdilar. Lenin ko’rsatmasi bilan Vexichilik harakatining liderlari xorijga badarg’a qilindi (1922). Qayta qurish yillarida (1985-91) N. A. Berdyaev, S. N. Bulgakov, S. L. Frank va boshqalar. Vexichilik oqimi vakillarining asosiy asarlari, jumladan «Vexi» to’plami qayta nashr etildi.