Vibratsion o’zgartirgich

Vibratsion o’zgartirgich, titrama o’zgartirgich — past kuchlanishli o’zgarmas tokni elektr-mexanik vibrator yordamida yuqori kuchlanishli o’zgarmas tokka aylantirib beradigan elektr apparat. Apparat o’zgarmas tok manbai (masalan, 2,5—24 V kuchlanishli elektr akkumulyator)ga ulanganda uning elektr magniti yakor (po’lat plastinka)ni titrashga majbur qiladi (nomi shundan). Shunda yakor qismasi (kontakti) tok manbaini navbatma-navbat transformator birlamchi chulg’amining dam u yarmiga, dam bu yarmiga ulaydi, natijada ikkilamchi chulg’amda bir xil ishorali pulslanuvchan yuqori kuchlanishli o’zgarmas tok induktsiyalanadi (vujudga keladi). Kuchlanishning pulslanuvchanligini elektr filtr bartaraf qiladi. Apparat chiqishida yuqori kuchlanishli o’zgarmas tok hosil bo’ladi. Vibratsion o’zgartirgich avtomobil radiopriyomniklari, kichik uzatish-qabul qilish st-ansiyalari va hokazolarda ishlatiladi. Past kuchlanishli tok manbaida ishlaydigan tranzistor paydo bo’lganidan so’ng Vibratsion o’zgartirgich kam qo’llaniladigan bo’ldi.