Vibratsion to’qmoq

Vibratsion to’qmoq, titrama to’qmoq — yerga yog’och, metall va temir-beton qoziqlarni, qoziqoyoqlar, quvurlar, ustunlar va boshqalarni qoqish hamda sug’urib olish uchun mo’ljallangan zarbiy-titrama mashina. Vibratsion to’qmoqning titrama ish organi qoqiladigan qoziqning kallagiga prujinali osma orqali bog’langan bo’ladi, shuning uchun qoziqqa titrama ta’sir qilish bilan birga unga davriy zarb impulslarini berib, uning yerga botishini jadallashtiradi. Titrama ish organining muhrasi qoziqning kallagiga zarbiy ta’sir ko’rsatadi. Vibratsion to’qmoq bir dvigatelli va ikki dvigatelli bo’lishi mumkin. Vibratsion to’qmoqdan muzlagan materiallarni yum-shatishda, yerni shibbalashda ham foydalaniladi.