Vibroizolyatsiya
Vibroizolyatsiya — odamlar va inshoot, mashina, asboblarni titrash (vibratsiya)ning zararli ta’siridan himoya qilish. Bunda titrash manbai bilan himoya qilinayotgan ob’yekt orasiga titrashlar energiyasini yutadigan, ya’ni titrashlarni yumshatadigan moslama yoki qurilma — dempferlar qo’yish orqali amalga oshiriladi. Odatda, passiv Vibroizolyatsiya qo’llaniladi. Bunday hollarda titrash manbai ta’sirida deformasiyalanuvchi oraliq element vibroizolyator vazifasini bajaradi. Muhim hollarda past chastotali vibrasiyani (sekinroq titrashlarni) kamaytirish uchun aktiv Vibroizolyatsiya qo’llaniladi. Bunda elastik elementlarning deformasiyalanishini avtomatik rostlash tizimi boshqaradi.