Vidal reaktsiyasi
Vidal reaktsiyasi — ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlash uchun qo’llaniladigan immunobiologik reaktsiya. Frantsuz vrachi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaktsiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinasiya hodisasi ro’y bersa, Vidal reaktsiyasi musbat bo’ladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib Vidal reaktsiyasi qo’yilganida reaktsiya titri ortib boradi (1:400; 1:800 va hokazolar).