Videosignal

Videosignal — tasvir hosil qilinadigan o’zgaruvchan elektr signal. Ko’pincha, Videosignal deyilganda tasvir signallarining o’zi tushuniladi. Videosignal uzatilayotgan tasvirlarga mos keluvchi har xil amplitudali impulslar (eritilganlik darajasi, uzatish muddati va boshqalar)dan iborat bo’ladi. Televideniyeda Videosignal (televizion signal) parametrlari ob’yekt tasvirining alohida uchastkasi ravshanligiga mutanosib bo’lgan elektr tebranishlardir. Bunday signal elektr-yorug’lik o’zgartirgichlar (masalan, Vidikon, superortikon) yordamida hosil qilinadi. Videosignaldan fototelegrafiya va radiolokatsiyada ham foydalaniladi.