Vifiniya

Vifiniya — kichik Osiyoning shimoliy-g’arbidagi tarixiy viloyat (hozirgi Turkiyada). Miloddan avvalgi taxminan 700 yilda bu hududga frakiy qabilalardan bo’lgan Vifinlar kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 7-6- asrlarda Lidiya, miloddan avvalgi 6-4-asrlarda Axomaniylar hukmronligi ostida bo’lgan. Miloddan avvalgi 297-74 yillarda mustaqil nikomediya podsholigi (asoschisi Nikomed I nomidan). Miloddan avvalgi 74 yildan Rim, Vizantiya tarkibida. Milodiy 14-asrda turklar tomonidan zabt etilgan.