Viktoriya

Viktoriya — Seyshel orollari davlatining poytaxti (1976 yildan), Mae orolida. Aholisi 30 ming kishi chamasida. Xalqaro aeroport bor. Hind okeani sohilidagi port. Viktoriya orqali chetga kopra (kokos yong’og’ining mag’zi), dolchin va vanil chiqariladi. Viktoriya Afrika bilan Hindiston orasida qatnaydigan kemalarni yoqilg’i bilan ta’minlaydigan baza. Oziq-ovqat, mebel, radioelektronika, tamaki sanoati, baliq mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Turizm markazi.