Viktoriya

Viktoriya (Victoria) — Nilufardoshlarga mansub kep ili o’t. Janubiy Amerikadagi Amazonka va Orinoko daryolarining tinch oqadigan joylarida usadi. Bargi juda yirik, doyra shaklida, diametri 2 metrgacha. Bargining cheti tepaga bukilgan. Usti yashil, osti qizg’ish, suvga botib turgan yo’g’on tomirlari va qattiq tikanlari bor. Tomirlari orasida havo pufakchalari bo’lganidan, barg 50 kilogrammgacha yukni ko’tara oladi. Viktoriya manzarali o’simlik sifatida oranjereya va Botanika bog’larida o’stiriladi. Viktoriya o’z vatanida yil davomida, akvariumlarda avgustda gullaydi. Gulining diametri 40 santimetrgacha. Guli oq, xushbo’y, bir yarim sutka davomida gullaydi. G’unchasi oqshom paytida suv yuzasiga ko’tarilib. oq bulib ochiladi, tong otgandan so’ng och qizil tusga kiradi, kunduzi yopiladi, qorong’i tushgach to’q qizil tusga kiradi; ikkinchi kecha o’tib, tong otgach yana suv ostiga cho’kadi. Suv ostida meva hosil qiladi. Mevasi ichidagi no’xatdek urug’i iste’mol qilinadi.