VILOYAT

VILOYAT — 1) O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi hududiy tuzilma (hududiydavlat tuzilmasi). 2) Ma‘muriy-hududiy birlik. O’rta asrlardan ma‘lum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afg’oniston, Turkiya va boshqalar), shuningdek, O’rta Osiyo xonliklari viloyatlarga bo’lingan. 1924-yil sho’rolar o’tkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 ta viloyat — Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo viloyatlaridan tashkil topgan edi. 1925-yil 13-yanvardan ue‘zd deb yuritila boshlandi. Keyinchalik ruscha ―oblast nomi bilan qayta tashkil etildi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan tarixiy ma‘muriy-hududiy birlik nomi sifatida ―viloyat so’zi qayta tiklandi; 3) Avtonomiya turi. Ayni holda viloyat nomiga ―avtonom so’zi qo’shiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yahudiylar avtonom viloyati mavjud. Adabiyotlarda qo’llaniladigan ―tarixiy viloyat atamasi mamlakat hayotida bir vaqtlar muhim o’rin tutgan yoki davlatda alohida mavqega ega bo’lgan (balki hozir ham egallab turgan) mamlakatning tarixan shakllangan muayyan jug’rofiy mintaqasini anglatadi. Huquqiy ma‘noda avtonomiya, alohida ma‘muriy-hududiy birliklar, o’zini o’zi boshqarish tushunchalarida aks etishi mumkin.