Vima Kadfiz
Vima Kadfiz, Kadfiz II (milodiy 1-asr) — Kushon podsholigi shohlaridan — kushonshoh (47-78). Kujula Kadfizning o’g’li va vorisi. Taxm.inan 30 yil podsholik qilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigi hududi kengaygan, xususan Hindistonning bir qismi qo’shib olingan. Vima Kadfiz davrida pul islohoti o’tkazilgan, tangalar oltin va misdan zarb qilingan. Oltin tangalar: 1 Dinor (8 g ga yaqin), 2 dinor, 1/4 dinor va ehtimol 1/2 dinor qiymati bilan chiqarilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigining siyosiy markazi Sugdda bo’lib, Hindistondagi mulklarni noiblar boshqargan. Vima Kadfiz zarb etgan tangalarning orqa tomonida hindlarning Shiva xudosi bilan buqazebu, oldi tomonida esa Vima Kadfizning mehrob oldida turgan surati aks etgan.