Vinil efirlar

Vinil efirlar — to’yinmagan oddiy va murakkab efirlar; oddiylarining formulasi SN2=SN—OR, murakkablarining formulasi SN,=SN— OCOR, bu yerda R — alkil radikal (SN3, S2n. va hokazolar); Vinil efirlarning quyi gomologlari rangsiz suyuqlik, yuqori gomologlari esa qattiq moddalardir. Suvda kam eriydi, organik erituvchilarga yaxshi aralashadi. Sanoatda Vinil efirlar spirtlar va karbon kislotalarni kaliy gidroksid yoki kaliy alkogolyatlari ishtirokida atsetilen bilan vinillash usulida olinadi. Vinil efirlar polimerlar olishda monomer, alkid smolalar, polistirol ishlab chiqarishda modifikator, nitrosellyuloza olishda plastifikator, organik sintezda yarim mahsulot, don mahsulotlarini uzoq muddat saqlashda biologik jarayon ingibitori sifatida qo’llaniladi.