Vintsimon tishli uzatma

Vintsimon tishli uzatma -mashinasozlikda — o’zaro muayyan (odatda, 90°) burchak ostida joylashgan, ammo bir nuqtada kesishmaydigan vallar orasida harakat uzatuvchi mexanizm. Aylanma harakatni ikkinchi valga uzatib beruvchi va aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beruvchi xillari bor. Birinchisi ikkita vintsimon tishli g’ildirakdan, ikkinchisi vintsimon tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat. Vintsimon tishli uzatma asosan asboblarning kinematik zanjirlarida qo’llaniladi.