Violonchel

Violonchel (italyancha violoncello) -skripkastlotar oilasiga mansub torli-kamonli soz. Bastenor registrli. 4 tori kvinta oralig’ida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uzunligi 155 santimetr. Ijro paytida Violonchelni tik holatda ushlab sahnaga qo’yishadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshida Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambl va orkestrlar tarkibida ishlatiladi. O’zbekistonda Violonchel ijrochiligi 19-asr oxirida shakllangan. O’zbekiston kompozitorlaridan S. Jalil Violonchel va orkestr uchun kontsert, G. Mushel, B. Gienko, F. Yanov-Yanovskiy, S. Karimxo’jayev, N. Zokirovlar turli pyesalar yozgan.