Viskonti (Visconti) Lukino
Viskonti (Visconti) Lukino (1906.2.11, Milan — 1976.7.3, Rim) -italyan rejissyori. Qarshilik ko’rsatish qatnashchisi. Neorealizm asoschilaridan. «Yer titramoqda» filmi neorealizm cho’qqilaridan biriga aylandi. Eng yaxshi filmlari: «eng go’zal», «Rokko va uning aka-ukalari», «Venesiyadagi o’lim», «Lyudvig», «intererdagi oila portreti», «begunoh» va boshqalar. 1945 yildan teatr rejissyori sifatida ham ishlagan. Drama va opera teatrlarida spektakllar qo’ygan («Uch opa-singillar», «Vanya tog’a», «traviata», «Trubadur» va boshqalar).