Viterit

Viterit [ingliz olimi W. Withering (1741-1799) nomidan] — karbonatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi VaSO3. Rombik singoniyali. Rangi oq, kulrang, sariq, ba’zan rangsiz. Yaxlit buyraksimon, sharsimon, tolasimon agregatlar, kamdan kam kristallar. Qattiqligi 3-3,5, Sof og’irligi 4,3. Viterit changi odam organizmiga zaharli ta’sir etadi. Odatda gidrotermal konlarda kaltsit, dolomit Rv, Zn, Fe sulfidlari, ko’pincha barit bilan birga uchraydi. Ekzogen sharoitda hosil bo’lgan turlari ma’lum. Viteritning yirik konlari juda kam. Yagona o’ziga xos Viterit koni Angliyada (Nortumberlend). Chuqurlikdagi issiq suvlardan hosil bo’ladi. Viterit bariy va uning tuzlari olinadigan ruda. Rossiya Federatsiyasi (Chelyabinsk viloyati), Ukraina (Donbass, Podoliya va boshqalar), Turkmanistonda topilgan. O’zbekistonda barit tomirlarida uchraydi (Qurama tizmasi va boshqalar). Rezina va qog’oz sanoatida, yuqori sifatli oq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi.