Vitovt (Vitautas)

Vitovt (Vitautas) (1350-1430) — Litva ulug’ knyazi (1392-1430), Keystutning o’g’li. Vorskla daryosi bo’yidagi jangda (1399) Amir Temur va Idiku qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchragan. Moskva knyazligiga 3 marta bostirib kirgan (1406-08), Smolenskiy olgan (1404). Gryunvald jangi (1410)da nemis risarlarini tor-mor keltirish tashkilotchilaridan biri.