Vizual qo’shaloq yulduz

Vizual qo’shaloq yulduz — teleskopda qo’shaloq bo’lib ko’rinadigan yulduz; oddiy ko’z bilan qaralganda boshqa yulduzlardan farq qilmaydi. Ko’pincha qo’shaloq yulduzlarning biri ikkinchisidan bir necha sekund burchak narida joylashgan bo’ladi. Vizual qo’shaloq yulduz optik va fizik jihatdan qo’shaloq bo’lishi mumkin. Optik Vizual qo’shaloq yulduz tarkibiga kiradigan yulduzlar erdan har xil uzoqlikda bo’lib, ularning nur yo’nalishlari tasodifan yonma-yon tushadi. Fizik Vizual qo’shaloq yulduz fazoda bir-biriga yaqin joylashadi, o’zaro tortishish kuchi bilan bog’langan bo’ladi va ikkalasi bitta yulduz sistemasini tashkil etadi.