Vodiy
Vodiy — uzun cho`zilgan, bir tomoni ochiq va shu tomonga nishab hamda chuqur relyef shakli. Vodiy — oqar suvlarning yuvib ketishidan vujudga kelgan uzunasiga cho`zilgan egri-bugri soylik. Vodiylar shakliga ko`ra, dara, kan’on, tangi, qopchig`ay kabi turlarga bo`linadi. Vodiylarning yon bag`irlarida terrasalar bo`ladi. Tektonik cho`kish natijasida paydo bo`lgan ba’zi bir botiqlar ham vodiy deyiladi. O`rta Osiyodagi Oloy, Farg`ona vodiylari, Shimoliy Amerikadagi Kaliforniyadiysi ana shunday botiqlardir. Bunday vodiylarda aholi zich yashaydi.