VODIY-MADONI

VODIY-MADONI — Sudandagi shahar, Markaziy regionning ma’muriy markazi. Aholisi 145 ming kishidan ziyod. Ko’k Nil bo’yidagi Daryo porti. Mamlakatning asosiy sug’oriladigan dehqonchilik hududining transport tuguni va savdo markazi. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, avtomobil ta’mirlash ustaxonalari, universitet bor.