Vofurush
Vofurush (fors, vo — ochiq, furush — sotuvchi) — 1) Turkistonda 20-asr boshlarigacha bozor va guzarlarda poyabzal sotuvchi do’kondor. Vofurushlar, odatda, mahsi, kovush, etik sotishgan, ba’zan o’zlari ham poyabzal tayyorlashgan, kosiblardan arzon-garovga olib, qimmatroq narxda sotishgan. Xususiy hunarmandchilik davrida Turkiston bozorlarida Vofurushlik avj olgan edi; 2) ba’zi shaharlarda, xususan Toshkentda egar olib sotuvchi do’kondor.
O‘xshash so‘zlar
- Voha
- Voha chigirtkasi, Italiya chigirtkasi
- Voha tuproqlari
- Vohid Abdurahmon
- Vohidov Erkin Vohidovich
- Vohidov Hamid Fozilovich
- Vohidov Shavkat
- Vohidov Vosit Vohidovich











