Volga-don kema qatnovi kanali

Volga-don kema qatnovi kanali — Volga va don daryolarini bog’lovchi kanal. Suv yo’lining uzunligi 101 kilometr (shundan 45 kilometr daryo va suv omborlaridan o’tadi). Kanal 1948-52 yillarda qurilgan. Volga-don kema qatnovi kanali Volgogradning Janubiy qismidan boshlanib, sarpa daryo vodiysi, Ergeni qirlari etaklari, Volga-don suvayirg’ichi bo’ylab, Chervlenaya daryosi vodiysiga chiqadi, so’ngra Varvara, Bereslav (Chervlenaya daryosida), Karpovka suv omborlari (Karpovka daryosida) orqali Kalach shahri yaqinida Tsimlyansk suv omboriga qo’shiladi (don daryosi shu yerda Tsimlyansk suv omboriga quyiladi). Kanalda Volga qiyaligida (20 kilometr masofada) kemalarni 88 metr balandlikka bosqichma- bosqich ko’tarib beradigan bir kamerali 9 ta shlyuz, don qiyaligida kemalarni Tsimlyansk suv omborigacha 44 metr pastlikka bosqichma-bosqich tushirib beradigan 4 shlyuz qurilgan. Suv yo’lining yuk tashishdagi ahamiyati katta.