Vual

Vual (Fransuzcha voile — parda, choyshab) — 1) to’qimachilikda — jun, paxta tolalari va ipakdan to’qiladigan silliq, shaffof gazlama. Oxorlab, bo’yab yoki gul bosib ishlab chiqariladi. Ko’pincha, o’ngi kashta gullar bilan bezatiladi. Vualdan asosan ayollar ko’ylagi, ba’zan deraza pardalari, karavot choyshablari tikiladi; 2) fotografiyada — ochiltirilgandan keyin fototasvirning qorayibroq chiqqan joylari. Asosan, juda sezgir fotomateriallarda kuzatiladi.