X

X — o’zbek kirill alifbosining yigirma uchinchi harfi. Chuqur til orqa, sirg’aluvchi, shovqinli, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So’z boshi (xat, xizmat, xon), o’rtasi (baxt, daraxt, paxta, yaxshi)da ko’proq, so’z oxirida (mix, six, yax) kamroq uchraydi. O’zbek qipchoq shevalarida ushbu tovush ba’zan q tarzida talaffuz etilsada, bu holat adabiy tilda, imloda aks etmaydi (xat — qat, xotin- qiz, paxta — paqta, mix — miq). Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda bu harf o’ziga xos shakllarga ega bo’lgan.