XALIFA (OL XALIFA) SHAYX HAMAD BIN ISO

XALIFA (OL XALIFA) SHAYX HAMAD BIN ISO (1950.28.1, Alrif shahri) — Bahrayn davlat arbobi. Bahrayn amiri oilasida tug’ilgan. Uyda diniy ta’lim olgach, Kembrijda o’rta maktabni tugatgan. 1964 yil rasmiy taxt vorisi etib e’lon qilingan. Buyuk Britaniyada zobitlar bilim yurtini tutatgach (1968), vataniga qay-tib Bahrayn qurolli kuchlarini tashkil qildi va qurolli kuchlar bosh qo’mondoni etib tayinlandi. 1971 yildan mudofaa vaziri, 1999 yil 6 martda otasi vafotidan so’ng Bahrayn amiri. 2002 yil 14 Fevralda Bahraynni podshohlik, o’zini podshoh deb e’lon qildi.