XALL

XALL, Gull, Kingstonapon-Xall — Buyuk Britaniyaning Sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 269,1 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Shimoliy dengiz sohilidagi port. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik), yog’ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Baliq ovlash bazasi. Universitet bor.