XALQARO BAZEL QO’MITASI
XALQARO BAZEL QO’MITASI — rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari rahbarlari tomonidan 1974-yilda tashkil etilgan tashkilot. Uning doirasida xalqaro bank faoliyatini tartibga solish muammolari muhokama qilinadi. 1975-yilda qo’mita tomonidan Bazel kelishuvi ishlab chiqilgan. Keyinchalik Bazel qo’mitasi bank faoliyati me’yorlari bo’yicha xalqaro tavsiyalar ishlab chiqa boshladi.