XALQARO JINOYAT POLITSIYASI TASHKILOTI (INTERPOL)

XALQARO JINOYAT POLITSIYASI TASHKILOTI (INTERPOL) — 1923 yil Vena shahri (Avstriya)da asos solingan. Hozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida birinchi marta 1947-yil paydo bo’lgan. 1949-yil BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilot maqomini berdi. ―Interpolning amaldagi ustavi 1956-yil 13-iyunda kuchga kirdi. ―Interpol jinoyatchilarni ro’yxatga olish xalqaro markazi sifatida ish ko’radi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon qilinuvchilarni; bedarak yo’qolganlarni; o’g’irlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 190 davlat (2014-yil), shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ―Interpolning a‘zosidir (1994-yildan). O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida ―Interpolning O’zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. ―Interpolning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qo’mita, unga ―Interpol prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. ―Interpol 1946-yildan ―Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi ma‘lumoti jurnalini nashr etadi. ―Interpolning doimiy qarorgohi Fransiyada joylashgan.