XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI (XMT)

XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI (XMT) — mehnat taqsimoti, alohida mamlakatlar doirasidan chlqishi bilan bog’liq, ijtimoiy mehnat taqsimotining yuqori pog’onasi. XMT alohida mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini bildiradi, bu esa xalqaro savdoning zarurligini belgilaydi. Butun jahon xo’jaligining tashkil topish va rivojlanishining hal qiluvchi omili. Birinchi bo’lib uning zarurligini D. Rikardo aytgan. Ayrim ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi (A. Smit), jahon xo’jaligida ham mehnat taqsimoti nisbiy chiqimlar ustunligini beradi, ya’ni ayrim mamlakatlarning ma’lum sohada ixtisoslashuvi yuqori samara beradi.